Bugun final! "Chelsi" va "Liverpul" Angliya liga kubogi g‘olibligi uchun kurash olib boradi

  • 25 fevral, 2024, 14:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Angliya liga kubogi finali doirasida qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda "Chelsi" va "Liverpul" g‘oliblik uchun kuch sinashadi. 

Tecno

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi. Bahs asosiy vaqti durang bilan yakun topsa, 15 daqiqadan ikkitalik qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etiladi. Agar unda ham tenglik bo‘lsa, penaltilar seriyasi orqali g‘olib nomi aniqlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, "aristokratlar" yarim finalda "Midlsbro"dan ustun kelgan. "Qizillar" esa "Fulxem"ni finaldan bebahra qoldirgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!