
Bugun Erondagi legionerlarimiz o‘z o‘yinini o‘tkazadi!
Bugun Eron chempionatida 29-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Unda Aziz Amonov harakat qiladigan mamlakat chempioni "Istiqlol" jamoasi safarda "Mes Rafsanjan" klubiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.
Shuningdek, yana bir legionerimiz to‘p tepadigan "Persepolis" klubi o‘z maydoni "Ozodiy"da "Shaxr Xodro" jamoasini sinovdan o‘tkazadi. Ushbu bellashuv ham Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Istiqlol" ayni payt 64 ochko bilan jadvalda 1-o‘rinda bormoqda. Klub chempionlikni rasmiylashtirib ulgurgan.
"Persepolis" hisobida 54 ochko mavjud bo‘lib, klub 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar