Bugun "Bunyodkor" tanishtiruv marosimi o‘tkazadi

  • 2 mart, 2022, 11:47
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, «Bunyodkor» mavsumning ilk uchrashuvini 3 mart kuni «So‘g‘diyona»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Mavsum startidan bir kun avval, bugun «Bunyodkor» taqdimot va tanishtiruv marosimini o‘tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati, murabbiy, futbolchilar va muxlislar ishtirok etadigan marosimga jamoaga taklif etilgan yangi o‘yinchilar tanishtiriladi, liboslar topshiriladi.

Shuningdek, OAV xodimlari klub rahbariyati, murabbiy va futbolchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishlari mumkin. Tadbir «Bunyodkor» stadionining anjumanlar zalida soat 15:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!