
Bugun APL uchrashuvlari restart oladi! (bugungi o‘yinlar ro‘yxati)
Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng klublar futboli yana qaytmoqda. Bugun Angliya premer-ligasi doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Dastlab "Tottenxem" safarda "Brentford"ni sinovdan o‘tkazsa, "Aston Villa" o‘z uyida Klopp boshchiligidagi "Liverpul"ni qabul qiladi. Kunning so‘nggi o‘yini "London derbisi" bo‘ladi va unda "Arsenal" "Vest Xem" bilan kuch sinashadi.
Quyida bugungi o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
17:30 "Brentford" — "Tottenxem"
20:00 "Kristal Pelas" — "Fulxem"
20:00 "Lester" — "Nyukasl"
20:00 "Sautgempton" — "Brayton"
20:00 "Everton" — "Vulverxempton"
22:30 "Aston Villa" — "Liverpul"
01:00 "Arsenal" — "Vest Xem"
Fikrlar