
Buffon va Bonuchchi uchun bugun tarixiy kun
“Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchi bugun “Torino”ga qarshi bo‘lib o‘tayotgan o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. E’tiborlisi, bu 33 yoshli futbolchi uchun “keksa sinora” safidagi yubiley 400-o‘yin bo‘ldi. U so‘nggi 10 yil ichida turinliklar safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.
Bundan tashqari, Turin derbisida asosiy tarkibda maydonga tushgan “Yuve” darvozaboni Janluiji Buffon A Seriyada 648-o‘yinini o‘tkazmoqda. 42 yoshli posbon bu borada Paolo Maldinini ham ortda qoldirdi va mutlaq rekordchiga aylandi.
Fikrlar