
Buffon Maldinining rekordini yangiladi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon Italiya A Seriyasining 6-turidan o‘rin olgan SPALga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
41 yoshli darvozabon italiyalik futbolchilar orasida, klub miqyosida maydonga tushish borasida "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Maldinining rekordini yangiladi.
Buffon uchun SPALga qarshi o‘yin mavsumdagi ikkinchisi va faoliyatidagi klub miqyosida 903-bahs bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, darvozabon turinliklardan tashqari, "Parma" va PSJ safida ham maydonga tushgan. Maldini esa butun faoliyatini "Milan"da o‘tkazgan.
Fikrlar