
Bu yulduz senga kerak bo‘lmasa, bizga ber!
“Arsenal” yarim himoyachisi Emil Smit-Rouni Angliya Premer-ligasining to‘rt klubi talashyapti.
“Kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteti angliyalik futbolchi xizmatidan jyda kam foydalanyapti. Yangi mavsumda Emil Smit-Rou barcha turnirlarda olti marta maydonga tushib, jami 136 daqiqa o‘ynadi xolos.
Futbolchi “Evro-2024” musobaqasida qatnashishni istayapti. Agar u o‘yin amaliyatisiz qolib ketsa, Angliya terma jamoasidagi joyidan ayrilib qoladi.
Ana shu omil tufayli Emil Smit-Rou yanvarda jamoani tark etishga tayyor. Shu bois, uni o‘z tarkibida ko‘rishni istayotgan “Kristal Pelas”, “Aston Villa”, “Nyukasl” va “Everton” taklifi futbolchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikrlar