
Bu voqea Gvardiola bilan 13 yil avval sodir bo‘lgandi
Pep Gvardiola ikkinchi bor bor kubok finalida mag‘lub bo‘ldi.
Bugun "Manchester Siti" Angliya kubogi finalida Erik boshchiligidagi "Manchester Yunayted"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Gvardiola bungacha ikki marota - 2018/19 hamda 2022/23 yilgi mavsumlarda bu sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u to‘rt marta Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan (2017/18, 2018/19, 2019/20,2020/21).
"Barselona" boshqaruvida ham u ikki marta Ispaniya kubogida zafar quchgan (2008/2009, 2011/12). Bundan tashqari, u "Bavariya" bilan ham ikki marotaba Germaniya kubogi finalida zafar quchgan (2013/14, 2015/16).
Shu paytgacha u faqat bir marotaba Mourino boshchiligidagi "Real"ga finalni boy bergandi (0:1). Bugungi mag‘lubiyat u uchun kubok finallaridagi ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.
Fikrlar