
“Roma”ga bu futbolchi qimmatlik qilmoqda
“Roma” sport direktori Tyagu Pinto anchadan beri “Feyenoord” markaziy himoyachisi Markos Senesini Rimga olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda.
25 yoshli argentinalik o‘yinchining iste’dodi Joze Mourinoning e’tiboridan chetda qolgani yo‘q.
“Feyenoord” bu transferdan pul ishlab qolmoqchi. Rotterdamliklar o‘z etachisini 15 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. Ular bu futbolchini uch yil muqaddam 7 million evroga transfer qilgan edi.
Senesi o‘tgan mavsumda 50 ta uchrashuvda ishtirok etib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar