Bu safar Shota Arveladze "ko‘chasida" bayram!

  • 17 mart, 2022, 10:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”ning sobiq bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z jamoasi bilan Angliya chempionship musobaqasining 38-turida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

“Xall Siti” safarda “Koventri Siti” mehmoni bo‘ldi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi. Richard Smolvud (4) hamda Rayan Longman (28) tomonidan kiritilgan gollar yakunda Arveladze jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Xall Siti” 41 ochko bilan turnir jadvalida 19-o‘rindan joy olib turibdi.

Shota Yustinovich jamoasi navbatdagi turni 19 mart kuni o‘z maydonida “Luton” klubiga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Arveladze “Xall Siti” ustozi sifatida 11 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, 3-g‘alabasiga erishdi. Shuningdek, 3 ta durang va 5 ta o‘yinda imkoniyat boy berilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!