Bu qiziq. Modrich "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgani uchun "Real" bilan shartnomasi avtomatik tarzda uzaytirildi

  • 23 may, 2019, 17:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marca nashrining xabar berishicha Luka Modrichning "Real" bilan imzolagan shartnomasida g‘alati band bor.

Tecno

Unga ko‘ra agar xorvatiyalik futbolchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritsa, uning shartnomasi avtomatik tarzda 2021 yilga qadar uzaytiriladi. Bu haqda esa tez orada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Modrichning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, Modrich “Real” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 46ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!