
Bu qimmatbaho o‘yinchilar tez orada jamoasiz qoladi
Yozda bir necha mashhur o‘yinchilarning shartnomasi tugaydi. Evropa nashrlari mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan eng qimmatbaho futbolchini aniqladi.
Unga ko‘ra, Slovakiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar yozda “Inter” bilan hamkorligini yakunlaydi.
27 yoshli futbolchining narxi Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 60 million evroga baholanmoqda.
Keyingi o‘rinda qayd etilgan Lionel Messi 50 million evro turadi. Jahon chempionining PSJdagi keladagi hozircha mavhum bo‘lib turibdi.
“Lester” bilan bitimni yakunlanayotgan 25 yoshli Yuri Tilemansning bahosi 40 million evroga teng.
Fikrlar