
Bu qilig‘idan keyin Pogba Manchesterda qololmaydi (foto)
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbaning jamoa ashaddiy muxlislari bilan munosabati buzildi.
“Norvich”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda fanatlar frantsiyalik futbolchiga hushtakbozlik qilishdi. Pogba ularga javoban, qo‘lini qulog‘iga qo‘yib, ularni eshitmayotganlik ishorasini ko‘rsatib, muxlislarni yanada jumbushga keltirdi.
Mutaxassislar bu holatni tahlil qilib, Pogba shartnomasi yakunlanishi bilan Manchesterdan ketishga qaror qilganini ta’kidlamoqdalar.
Frantsuiyalik yulduzning o‘zi ham “Manchester Yunayoted”dagi faoliyati o‘zi istaganchalik bo‘lmaganini tan olgan. Ayni paytda Pogbaga asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” tilga olinyapti.
Pogba “Manchester Yunayted”ga aynan turinliklar safidan rekord darajadagi mablag‘ evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar