Bu o‘yinchilarni o‘zim aeroportdan kuzatib qo‘yaman. MYu kamida o‘nta o‘yinchini haydashi kerak!

  • 1 yanvar, 2024, 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” va Uels terma jamoasining sobiq futbolchisi Din Saunders “Manchester Yunayted” rahbariyatini o‘nta futbolchidan voz kechishga chaqirdi.

Tecno

Din Saunders manchesterliklarning joriy mavsumda barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvdan 13 tasida mag‘lubiyatga uchraganini tarkibda ortiq o‘yinchilar ko‘pligi bilan izohladi.

- Markus Reshford jamoada uzoq o‘tirib qoldi. Marsyal va Antonini esa, shaxsan o‘zim aeroportga olib borib, kuzatib qo‘yishga tayyorman.

Lyuk Shou ham jamoada anchadan beri yuribdi. Diogu Dalotda etarli darajada mahorat yo‘q. Rafael Varan yaxshi futbolchi ekaniga qaramay, o‘yini qovushmay qoldi.

Jonni Evans ham hozir zo‘r emas. Erik ten Xag Freddan qutilganidek, Van Bissakani ham yo‘qotishi kerak. Bosh murabbiy Maktomineyni qadrlamagan edi, u o‘z gollari bilan mahoratini ko‘rsatib qo‘ydi. Lekin u ham “Manchester Yunayted”da o‘ynashga loyiq emas. Bu jamoada o‘z pozitsiyasi bo‘yicha dunyoda eng zo‘r bo‘lgan o‘yinchilar to‘p tepshi kerak.

Birinchi ketishi kerak bo‘lganlar haqida o‘ylaganda xayolga darrov Jeydon Sancho, Antoni, Marsyal keladi. Bu uchala o‘yinchi klubga 200 million funt atrofidagi summaga tushgan, ulardan umid yo‘q, - dedi Din Saunders.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!