"Bu klub kelajagi uchun eng to‘g‘ri qaror" — "Tottenxem" prezidenti Postekoglu bo‘shatilishi haqida

  • 18 iyun, 18:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" prezidenti Daniel Levi klubga uzoq yillardan so‘ng sovrin yutishga yordam bergan Anje Postekoglu nega bo‘shatilganini aytdi. Rahbar murabbiyga minnatdorchilik bildirdi.

Tecno

"Anjega ishonch bildirganimizdan afsuslanmayman. U jamoaga murakkab davrda keldi va ilk mavsumidayoq beshinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi mavsumida esa bizga sovrin yutib berdi. Hammamiz behad hursand bo‘ldik.

Lekin klub bundan ham yuksak marralarni ko‘zlamoqda — biz barcha musobaqalarda kurash olib borishni istaymiz. Kelajakdagi rivojlanish uchun o‘zgarishlar zarurligini angladik. Bu qaror biz uchun oson bo‘lmadi, lekin ishonamizki, bu "Tottenxem" kelajagi uchun eng to‘g‘ri qaror", — deya Levining so‘zlarini keltiradi Reuters.

Eslatib o‘tamiz, Anje Postekoglu qo‘l ostida "Tottenxem" Evropa Ligasi g‘olibiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!