"Bu jamoa Superligaga tayyor emas" yoxud 2-tur oldidan

  • 8 mart, 2022, 22:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 2-tur uchrashuvlari ham boshlanish arafasida. Chorshanba kuni boshlanadigan o‘yinlar juma kuni yakun topadi. Oldinda juda shiddatli va “harorati” baland o‘yinlar kutmoqda. Futbolimizda ko‘zga ko‘ringan mutaxassislardan biri Shuhrat Rahmonqulov 2-tur oldidan klublarning imkoniyatini baholadi.

Tecno

9 mart (chorshanba)

“Nasaf” – “Metallurg”

- Ikkala jamoa ham kayfiyat holatida maydonga tushishadi. “Metallurg”ning AGMKga qarshi o‘yinini ko‘rdim. “Nasaf”ning ham ishtirokini kuzatdim. Bu klub qaerdasan, Namanganda durang o‘ynab qaytdi. “Navbahor” maydonidan ochko bilan qaytish oson ish emas. Ro‘ziqul Berdiev to‘g‘ri taktika tanlagani uchun safardan bir ochko olib ketdi. Ancha-muncha klublar Namangandan ochko bilan qaytavermaydilar. Qarshida chiroyli va tomoshabop o‘yin bo‘lishining tarafdoriman. To‘g‘ri, “Metallurg” ham kurashadigan jamoa bo‘ldi. Menga ularning o‘yini ham yoqdi. Ammo “Nasaf” o‘z uyida o‘ynayotgani uchun biroz tashabbus ular tomonida. Shu bois foiz bo‘yicha 60x40.

“Qo‘qon-1912” – “Olimpik”

- Qo‘qon jamoasining o‘yinini ko‘ra olmadim-u, lekin “Olimpik” – “Surxon”ni ko‘rdim. To‘g‘risi, bu birinchi uchrashuv bo‘lganigami, menda yaxshi taassurot qoldirmadi. “Olimpik”ni vazifasi tarkibidagi yoshlarni juda yaxshi shakllantirib, Olimpiadaga chiqish. O‘yinda bilinib qoldiki, “Olimpik” o‘yinchilari hali yosh va Superligaga tayyor emas, kurashgani. Shunga qaramay, o‘yinchilari harakat qilishdi, qoyil. Qo‘qon maydonidan ochko olib ketish qiyin. U erda o‘zim ham o‘ynaganman. Qo‘qonliklarning g‘alaba qozonish imkoniyati 80 foiz, “Olimpik”da esa 20 foiz.

olimpik1_1

10 mart (payshanba)

“Surxon” – “Navbahor”

- Bu erda baribir saviya bo‘yicha “Navbahor” kuchli. Namanganliklarning birinchi uchrashuvda o‘yini unchalik qovushmadi. Ammo tarkibi kuchli, tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Ular nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Murabbiylar shtabi taktikani o‘zgartirishsa kerak. Bu safar “Navbahor” hujumkor o‘yin ko‘rsatib, muxlislarini xursand qiladi. “Surxon” yangi jamoa, yangi murabbiy va futbolchilar kelgan. Birdaniga jamoa tuzib o‘ynab ketish osonmas. Ular ham kurashishadi. Lekin bu juftlikda imkoniyatlar namanganliklarda ko‘proq 30x70.

navbaxor2_4

“Qizilqum” – “Bunyodkor”

- Bu ham qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. “Qizilqum”ning “Lokomotiv” bilan o‘yinini ko‘rdim. Jamoasi chakki emas. “Lokomotiv”ning deyarli yarmi “Qizilqum”ga o‘tib ketgan. O‘ylashimcha, “Qizilqum” – “Bunyodkor” bellashuvida imkoniyatlar teng – 50x50.

“Paxtakor” – “Neftchi”

- Bu ham juda murosasiz bellashuv bo‘ladi. Albatta, favorit “Paxtakor”. Ilhom Mo‘minjonov ham “Neftchi”da yaxshi jamoa tuzib qo‘ydi. Birinchi uchrashuvda “Qo‘qon-1912”ni yutdi, kayfiyati yaxshi. Ushbu juftlikda “Paxtakor” yoki “Neftchi” yutadi, deb ayta olmayman. Qiziqarli o‘yin bo‘lishi aniq. “Paxtakor” amaldagi chempion va yaqinda Superkubokni yutdi. Tarkibi biroz yoshartirilgan bo‘lsa ham mahoratli futbolchilari ko‘p. O‘ylashimcha, durang bo‘ladi – 50x50.

paxta_3

11 mart (juma)

“So‘g‘diyona” – “Dinamo”

- “So‘g‘diyona”ning ilk o‘yinini ko‘ra olmadim. “Dinamo”ning “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvini ko‘rdim. O‘yin boshlarida samarqandliklarda ikkita zo‘r imkoniyat bo‘lgandi. Agar gol urganida uchrashuv boshqacha bo‘lardi. “Paxtakor” baribir “Paxtakor”. Ularda vaziyat bo‘ldi, gol urib ketishdi. Bu safargi to‘qnashuvda mahorat bo‘yicha “So‘g‘diyona” ustunroq. Nazarimda, maydon egalari yutadi. Foiz bo‘yicha 70x30.

“Lokomotiv” – AGMK

- Ikkalasi ham birinchi turda mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu o‘yinda “Lokomotiv” ham, AGMK ham tish-tirnog‘i bilan g‘alaba uchun kurashishadi. Biroq tarkib, mahorat va tajriba bo‘yicha AGMK kuchliroq. Bu klubda ikkita teng kuchli tarkib bor. Birinchi turda qizil kartochka olgan Sardor Rahmonov bilan Shoxruh Gadoevni o‘rnini to‘ldiradigan o‘yinchilar bor. Shuning uchun AGMKda katta yo‘qotish yo‘q. Qiziqarli o‘yin kutib qolamiz. 40x60 AGMK foydasiga.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
08/03/2022 23:10
Пахтакор Нефтчи дурранг деган фикрни қаттан олдинг муаллиф, камида 2:0 Пахтакор фойдасига
Ashan Fudkort
09/03/2022 00:08
Nimaga pastga urasan surxonni oʻtkan kuni ham olimpika yutqazadi deding yutqazmadi sen surxonni kuchini bilmaysan seni ham Navbaxorni ham buvisinikiga tiqadi hopmi
Marifjon Turajonov
09/03/2022 17:58
Surhonga hurmat saqlagan holda aytman .
Navbahor kuchliroq baribir.
Kuzini moshdah ochib quyadi
Marifjon Turajonov
09/03/2022 17:59
Surhonga hurmat saqlagan holda aytman .
Navbahor kuchliroq baribir.
Kuzini moshdah ochib quyadi
Ashan Fudkort
09/03/2022 00:07
Nimaga pastga urasan surxonni oʻtkan kuni ham alimoikka yutqazadi deding yutqazmadi sen surxonni kuchini bilmaysan seni ham Navbaxorni ham buvisinikiga tiqadi hopmi
Alisher Kamalov
09/03/2022 09:09
Surxon-Navbaxor 0:5
Alisher Kamalov
09/03/2022 09:14
Nasaf-Metalurg 2:0
Paxtakor-Neftchi 3:0
Surxon-Navbahor 0:5
Qizilqum-Bunyodkor 2:0
Lokomotiv-AGMK 1:1
Quqon1912-Olimpik 3:1
Sugdiyona- Dinamo 2:0
Alisher Kamalov
09/03/2022 09:13
Nasaf-Metalurg 2:0
Paxtakor-Neftchi 3:0
Surxon-Navbahor 0:5
Qizilqum-Bunyodkor 2:0
Lokomotiv-AGMK 1:1
Quqon1912-Olimpik 3:1
Sugdiyona- Dinamo 2:0