Bu jamoa bilan Chempionlar ligasida o‘ynab bo‘lmaydi, men ketaman!

  • 24 avgust, 2021, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning eng omadsiz transferlaridan bo‘lgan braziliyalik yarim himoyachi Villian “kanonirlar” safini tark etmoqchiligini ma’lum qildi.

Tecno

“To‘pchilar” bosh murabbiyi Mikel Arteta Villianni katta umidlar bilan “Chelsi”dan olgandi. Braziliyalik futbolchi ham jamoaning kelajagi yorqinligiga ishonib, bir yil muqaddam uch yillik shartnoma bilan ular safiga qo‘shilgan edi.

Villianning o‘zi Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun “Arsenal”ga o‘tganini tan oldi. Biroq, “kanonirlar” o‘tgan mmavsumni barbod qildi, yangisidan ham ketma-ket mag‘lubiyatga uchramoqda.

“Chelsi”da etti yil o‘ynab, Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan Villian klubdan ketishi bilan “aristokratlar” Evropaning eng nufuzli turnirida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Angliya futbolidan hafsalasi pir bo‘lgan Villian endi o‘z yurtida “Korentians” jamoasi uchun o‘ynashga bel bog‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!