
Bu ishni faqat bir futbolchi uddalagan
“Leyptsig” hujumkor futbolchisi Kristofer Nkunku Bundesliga tarixiga rekord natija bilan kirdi.
Yaqinda frantsiyalik o‘yinchi Bundesligada oyning eng zo‘r futbolchisi bo‘ldi. Bu sovrinni bir mavsum davomida to‘rt marotaba qo‘lga kiritgan Nkunku shu tariqa rekord o‘rnatdi va uning nomi tarix sahifalaridan joy oldi.
Bundesligada juda ko‘p yulduzlar faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, hali hech kimga bunday natija nasib etmagan ekan.
Nkunku mavsumda 50 o‘yinda qatnashib, 34 ta gol va 20 ta assist muallifi bo‘ldi.
24 yoshli futbolchining bozori qaynay boshladi. Ayni paytda unga “Milan”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va PSJdan jiddiy takliflar bo‘lyapti.
Fikrlar