Bu ikki o‘yinchi kelsa, “Real”ni engib bo‘lmaydi

  • 28 aprel, 09:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Har qanday superklub singari “Real” ham transferlar davrida tarkibini kuchaytira oladigan mahoratli futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Tecno

“Qirollik klubi” xo‘jayini Florentino Peres jamoasi kelasi mavsum ham yuqori maqsadlar sari kurashishi uchun yuqori malakali o‘yinchilarga ish berishga tayyor.

Manbalarga ko‘ra, madridliklar maydon markazini kuchaytiradigan ikki o‘yinchini hamkorlikka ko‘ndirgani aytilmoqda. DefensaCentral nashri ekspertlarining ta’kidlashicha, "Real Sosedad" yulduzi Martin Subimendi madridliklarning o‘yin uslubiga mos tushadi va jamoaning og‘riqli nuqtalaridan bo‘lgan tayanch zonani to‘liq yopishga qodir.

“Qirollik klubi” bilan hamkorlik qilishga tayyorligi aytilayotgan ikkinchi o‘yinchi Florian Virtsdir. 21 yoshli nemis futbolchisi hujumkorligi bilan ajralib turadi. Virts yosh bo‘lishiga qaramay, keyingi yillarda “Bayer”ning haqiqiy etakchisiga aylangan.

Madridlik muxlislar bu ikki o‘yinchi tarkibga qo‘shilsa, “Real”ni engish yanada qiyinlashishi va jamoa yanada ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritishi mumkinligiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!