Bu hujumchi ketsa, Shomurodovga joy ochiladi!

  • 4 avgust, 2022, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodovga xaridor bo‘layotgan jamoalardan biri “Sassuolo” o‘z tarbiyalanuvchilaridan  Jakomo Raspadorini mo‘may daromad evaziga boshqa klublarga sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Tecno

 

28cdba

22 yoshli hujumchining o‘zi klub rahbariyatiga murojaat qilib o‘zini Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoalarga qo‘yib yuborishni so‘radi. Bu o‘yinchiga grand jamoalardan takliflar etarli.

Xususan, “Sassuolo” sport direktori Jovanni Karnevali Raspadori transferi bo‘yicha “Napoli” bilan muzokaralar muvaffaqiyatli davom etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bu mutaxassis klub rahbariyatining “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovni olishga intilayotganini ham tasdiqlagan edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Sassuolo” Raspadori o‘rniga aynan o‘zbek hujumchisini olib kelmoqchi.

Jakomo Raspadorini sotish orqali sassuololiklar o‘z byudjetini mustahkamlab olmoqchi. Faoliyati davomida 175 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 60 marta ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 17 ta golli pas uzatgan futbolchi uchun klub mutasaddilari 25 million evro talab qilyapti.

Aslida “Sassuolo” iste’dodli o‘yinchilarni kashf qilib, ularning mahoratini oshirib, katta klublarga sotib yuborishni zo‘r uddalaydi. Xususan, “Sassuolo” yaqinda o‘zi tarbiyalagan Janluka Skamakkani “Vest Xem”ga katta summaga sotib yubordi. Italiyalik hujumchini sassuololiklar 2017 yili “PSV Eyndxoven” yoshlar jamoasidan 4,7 million evroga xarid qilgan edi. Joriy transferlar mavsumida ular 30 million evroga baholangan Skamakkani “Vest Xem”ga 36 million evroga pulladi.

23 yoshli hujumchi 2020-2021 yilgi mavsumda Eldor Shomurodov bilan birga “Jenoa” sharafini himoya qilganini yaxshi bilasiz.

mourino-shomurodovning-eski-raqobatchisini-rimga-taklif-qildi-6212914

Professional faoliyati davomida “Sassuolo”, “Jenoa”, “Kremoneze”, “Zvolle” va “Askoli” kabi klublar sharafini himoya qilgan iste’dodli hujumchi jami 172 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 55 ta gol va ettita assist rasmiylashtirgan.

“Sassuolo” qisqa fursatda Raspadorini sotadigan bo‘lsa, Eldor Shomurodov transferini tezlashtiradi. Chunki ikki asosiy hujumchisidan ayrilgan jamoada faqatgina bitta tajribali forvard Domeniko Berardi qoladi. Berardi o‘tgan mavsum  33 ta uchrashuvda 15 ta to‘p kiritib, jamoaning Skamakkadan keyingi ikkinchi to‘purari bo‘ldi.

Demak, Shomurodov transferi atrofidagi voqealar hali-beri to‘xtamaydi. Kuzatishda davom etamiz.

Shomurodov transferi barbod bo‘lyapti!

Evropa klubi: Shomurodov asosiy hujumchimiz o‘rnini egallashi kerak!

Shomurodovning “Vulverxempton” bo‘yicha pozitsiyasi aniq bo‘ldi!

Belotti kutib tur, Shomurodov ketvosin!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
04/08/2022 10:23
Бу кетишда Ал хилол илиб кетадими диман