
Bu Germaniya tarixida eng yirik transfer bo‘ladi
“Bayer” 21 yoshli pleymeykeri Kay Xavertsni “Chelsi”ga sotishga rozi bo‘lsa, bu Bundesliga tarixidagi ekanna katta transfer sifatida qayd etiladi.
Ayni paytda tomonlar muzokara olib bormoqda. Leverkuzen klubi iste’dodli futbolchisini 100 million evroga baholamoqda. “Chelsi” esa 65 million va turli bonuslar taklif qilyapti. Agar bu kelishuv amalga oshsa, Kay Xaverts nemis futbolining barcha zamonlardagi eng qimmat futbolchisiga aylanadi.
Hozir Germaniyaning eng qimmat futbolchisi maqomini Timo Verner egallab turibdi. U yozda “Leyptsig”dan “Chelsi” transfer qilingan edi. Bu transfer 53 million evroga baholangan.
Fikrlar