Bu futbolchi "Barselona"ning orzusi

  • 29 mart, 2022, 18:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta "Atletiko" vingeri Joau Feliksning muvaffaqiyatsiz transferi borasida fikr bildirdi. 

"Feliksni Grizmannga almashtirish imkoniyati bo‘ldi, ammo bu amalga oshgani yo‘q. To‘g‘risini aytsam, bu futbolchi menga yoqadi, juda ham yoqadi", - dedi Laporta. 

Ma’lumki, Antuan ayni damda "matraschilar" safida ijara asosida to‘p tepmoqda. Yozda kataloniyaliklar uni portugaliyalik futbolchiga alshmatirish borasida ish olib bordi. Biroq Madrid klubi bu taklifni rad etdi.  

Eslatib o‘tamiz, Joau joriy mavsum jami 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol hamda 6 ta assist muallifiga aylandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!