Bu futbolchi APLni titratayotgan Bukayo Saka va Fil Fodendan ancha zo‘r!

  • 20 oktabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida chempionlik uchun kurashayotgan “Arsenal”da Bukayo Saka, “Manchester Siti”da Fil Fodenning alohida o‘rni bor.

Tecno

Endi “Chelsi” ana shunday o‘yinchi olmoqchi. “Aristokratlar” bu vazifani “Lion” hujumkor futbolchisi Rayan Sherkiga topshirmoqchi.

Football London nashrining xabariga ko‘ra, londonliklar 20 yoshli futbolchini kelasi yil yozda transfer qilishni rejalashtirmoqla.

Yaqinda statistikaga ixtisoslashgan Opta portali 25 yoshgacha bo‘lgan barcha hujumkor futbolchilarning statistikasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Rayan Sherki raqib darvozasiga zarba bilan tugagan harakatlarni amalga oshirishda Bukayo Saka, Fil Foden va Rodrigo kabi yulduz o‘yinchilarni ortda qoldirgan.

“Chelsi” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishga qodir bo‘lgan iste’dodli o‘yinchini qo‘ldan chiqarmoqchi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!