
Bu bola superto‘purar bo‘ladi! Chempion jamoa 17 yoshli vunderkindga o‘ta katta summa to‘laydi!
“Bavariya” rahbariyati jamoa kelajagini ta’minlash maqsadida “Renn” klubi va Frantsiya o‘smirlar terma jamoasi o‘yinchisi Matis Tel uchun o‘ta katta summa to‘lashga rozi bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Foot Mercato nashri.
Tel Frantsiya o‘smirlar terma jamoasi safida to‘qqizta o‘yinda beshta gol urganidan keyin Bundesliga chempioni nishoniga tushdi.
Myunxenliklar bu vunderkind kelajakda zo‘r to‘purar bo‘lishiga ishonmoqda va shu bois bu transferga katta e’tibor qaratyapti.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Bavariya” 17 yoshli o‘yinchini 30 million evroga xarid qilishga va qo‘shimcha bonuslar ajratishga tayyor ekanini bildirmoqda.
Transfer bozorini kuzatib borayotgan mutaxassislar “Renn” klubi yosh o‘yinchisi uchun bu qadar katta mablag‘ taklif qilingan kelishuvdan voz kecha olmasligini ta’kidlamoqda.
Fikrlar