Bu 10 yil avvalgi "Nasaf" emas, bu "Nasaf" 10 yil avvalgisi emas!

  • 6 noyabr, 2021, 00:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir necha yil avval Qarshi klubi o‘z uyida "Kuvayt SK" ustidan g‘alaba qozonib, yurtimiz klublarining xalqaro miqyosdagi ilk sovriniga ega chiqqan edi. Bugungi "Nasaf"dan ham chempionlik kutganimiz rost. Bunga haqqimiz bor edi. Bahslashmayman. Faqat istar edimki, 10 yil avvalgi chempionlikni takrorlay olmaganlarni koyimang!

Tecno

Shunchaki, o‘sha davrdagi klub byudjeti, to‘p surgan legionerlar va "Nasaf"ga bo‘lgan e’tibor hozirgidan bir necha bor yaxshiroq bo‘lganini eslatmoqchiman, xolos. Xorijlik murabbiy, har bir chiziqqa bittadan sifatli legioner, o‘z vaqtida ortig‘i bilan to‘langan maoshlar... Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirishimiz mumkin.

Hozirgi "Nasaf"-chi? Moddiy imkoniyatlari cheklangani uchun kuchli legioner olib kelish uyoqda tursin, o‘z tarbiyalanuvchilarini ham jamoada ushlab qolishga puli etmayotgan "ajdarlar"dan o‘pkalashga haqqimiz bormi? Har mavsum mahalliy "bolalar"dan yangidan kuchli jamoa tuzishga majbur bo‘lsa-da, yuzidagi g‘amni ko‘rsatmaydigan Ro‘ziqul Berdievdan ranjidingizmi? Yoki, homiylar yo‘qligi bois, 5-6 oylab maosh olmasa-da, klub logosi uchun maydonda 90 daqiqa jang qilishdan charchamaydigan qarshilik futbolchilar kayfiyatingizni tushirib yubordimi?

Finaldagi mag‘lubyatlar alamli bo‘ladi. Ayqnisa, bu klub 10 yil avval bu sovrinni bemalol yutganini ko‘rganlar uchun buni hazm qilish ikki hissa og‘ir, biroq vaziyatga to‘g‘ri baho berish uchun o‘lchovni to‘g‘irlab olish kerakligini unutmang!

Finalga qadar bosib o‘tilgan murakkab yo‘ldagi mashaqqatlarni futbolchilar, murabbiylar shtabidagilar biladi, xolos. Jarimalar, hakamlik, ichki nizolar, moddiy muammolar, liderlarning klubni tark etishi va boshqa to‘siqlarga qaramay, "Nasaf" 10 yil avvalgi o‘z versiyasining sha’niga dog‘ tushirmaslikni munosib uddalamoqda. Buning uchun ko‘p narsa qurbon qilinayotganiga qaramay, klub o‘zining gullagan davrlarida o‘rnatgan "planka"dan pastga tushgani yo‘q.

Alamli mag‘lubiyatga uchraganimizdan so‘ng barcha aybdor izlashni boshlaydi. Afsuski, bundan hech kim naf ko‘rmagan. Hozir "Nasaf"ni qo‘llab-quvvatlash, yigitlarni ruhlantirish lozim. Birgina boy berilgan final o‘zbek futbolining kelajagi bo‘lishga qodir yigitlarni "sindirib" qo‘ymasligi shart. Toshoynalarni izlayotgan muxlislar qoldirgan izohlarni o‘qib, mashhur yozuvchi O‘tkir Hoshimovning bir so‘zi yodimga tushdi.

"G‘alabangga hammadan ko‘proq va dadil qarsak chalayotganlar, yiqilganingda birinchi bo‘lib unutadi".

MTJ, Abramov, Kuper o‘z yo‘liga, "Nasaf"ning yo‘rig‘i boshqa. "O‘zimizniki" bo‘lgan yigitlarni ular uchun eng og‘ir kunida chin muxlislar yolg‘izlatib qo‘ymaydi. Har holda, shundan umidim bor. Unutmang, bugungi mag‘lubiyatdan to‘g‘ri chiqarilgan xulosa, ertangi ulkan g‘alabalar debochasidir.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Jenjayev
06/11/2021 08:59
Biz nasafdan faxirlanamiz
Ulja Tojiev
06/11/2021 06:56
мен хафа эмасман йигитларга рахмат Аликулов урнинг билинди
Baxil Alihuja
06/11/2021 10:45
Насаф фахрланса арзигулик жамоа! Бошка хеч бир узбек клуби хатто финалга чикмаган. Пахта куйувчи клуб чемпион булиб, осиёда шармандаси чикиб юрибди.
Anvar Abduazizov
06/11/2021 01:18
Ha endi shu gaplar agarda NASAF g‘alaba qozonganda bormi bu gaplarni aksini aytgan bo‘lardinglar ortiqcha so‘zga o‘rin yo‘q.Nasaf yutqazdi.KIMNINGDIR MAG‘LUBIYATI KIMLARNI HAFA QILSA YANA KIMLARNIDIR HURSAND QILADI.