
Brunu Runini ortda qoldirdi
Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" tarixida APLdagi eng yaxshi penalti tepuvchiga aylandi.
"Manchester Siti" bilan bahsda yarim himoyachi 88-daqiqada 11 metrlik nuqtadan gol urdi.
Brunu Premer-liga bahslarida 25 ta penaltidan 21 tasini golga aylantirdi va ligada nuqtadan gol urish bo‘yicha klub tarixidagi eng yaxshi natijaga erishdi.
Portugaliyalik futbolchi MYu safida chempionatda 28 ta urinishda 20 ta penalti tepgan Ueyn Runidan o‘zib ketdi.
Fikrlar