
Brunu Fernandesh MYuga zo‘r futbolchi olib keladi
“Manchester Yunayted” maydon markazini kuchaytirish uchun mo‘ljallab yurgan “Lids” etakchisi Rafinya Diasni qo‘lga kiritish yo‘lini topdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Sulsher 24 yoshli braziliyalik futbolchini “Manchester Yunayted”ga kelishga ko‘ndirishda Brunu Fernandeshdan foydalanmoqchi. Manchesterliklar etakchisiga aylangan portugaliyalik futbolchi “Sporting”da bir yildan ortiq vaqt davomida Dias bilan birga o‘ynagan.
Brunu Fernandesh APLda 22 ta uchrashuvda 10 ta golli pas oshirgan Rafinyani yana o‘zi bilan bir jamoa sharafini himoya qilishga ko‘ndirishi kerak. “Lids” braziliyalik vinger uchun “Renn”ga 18,6 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar