Brunu Fernandesh boshchiligidagi futbolchilar Sulsherdan norozi. Ronalduchi?
“Manchester Yunayted” muhit buzilgan ko‘rinadi. Jamoa kutilgan natijalarni qayd eta olmayapti. Klub rahbariyati jamoa kuchli to‘rtlikka kira olmasligi oydinlashgan taqdirdagina Ule-Gunnar Sulsher iste’fosini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Shunga qaramay, jamoaning bir guruh o‘yinchilari norvegiyalik murabbiydan norozi bo‘lmoqda. Ular bosh murabbiy o‘zi yoqtirgan futbolchilarga ko‘proq imkon berayotganini iddao qilyapti. Xususan, ko‘pchilik Sulsher o‘yinga tushirmayotgan Donni van de Bekni qo‘llab-quvvatlamoqda.
O‘z vaqtida “Ayaks” etakchisi sifatida olib kelingan pleymeyker ikki mavsumda beri sababsiz zaxiraga mixlangan.
Jamoa etakchilaridan Brunu Fernandesh Sulsher bosh murabbiy sifatida o‘yinga aniq reja taklif qilmayotganiga e’tiroz qilyapti. Krishtianu Ronaldu esa avvalgi standartlar yo‘q bo‘lib ketganiga afsus chekmoqda.
Bu masalalarning har biri jamoaning musobaqalar jadvalidagi mavqeiga salbiy ta’sir qilmoqda. Chempionlik uchun kurashishi kutilgan “Manchester Yunayted” tobora pastlab bormoqda.



Fikrlar