
Brozovich "Barselona"ga o‘tadigan ko‘rinadi
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlamoqda.
Jurnalist Janluka Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, xorvat Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tish niyatida emas. Bunga uning "Barselona"ga o‘tish istagi sabab bo‘lmoqda.
O‘z navbatida "Inter" o‘z futbolchisi uchun kamida 17 million evro pul talab qilmoqda. "Ko‘k-anorranglilar"da esa hozircha mazkur transferni amalga oshirish uchun mablag‘ yo‘q. Kataloniyaliklar mazkur transferga qo‘l urishi uchun kimnidir sotishi talab etiladi.
Ayni vaqtda "Barselona" Kessi, Ferran, Fati, Abde, De Yong kabi futbolchilari uchun bo‘layotgan takliflarni tinglashga tayyor.
Fikrlar