
"Brilliant liga"ning Shanxay bosqichida yuqori natijalar qayd etilmadi
Engil atletika bo‘yicha "Brilliant liga"ning ikkinchi bosqich bellashuvlariga Xitoyning Shanxay shahri mezbonlik qildi. Ushbu bosqichda qator sektorlardagi bellashuvlar qiziqarliliga bilan ajralib turdi.
Ammo bir jihat bo‘yicha bu bosqichdagi natijalar mutaxassislarning e’tiborini tortmoqda. Ya’ni, g‘olib bo‘lgan sportchilar hech qaysi yo‘nalishda mavsumning eng yaxshi natijasini yangilay olishmadi. Odatda musobaqa bosqichlarida bunday natijalar ko‘p bora uchrab turishi kuzatilar edi.
"Brilliant liga"ning keyingi bosqichi 30 may kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida o‘tkaziladi.
Fikrlar