
"Brentford B"dan ajoyib g‘alaba, O‘rinboev esa muhim golni urdi
"Brentford B" va "Bornmut B" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan xayriya o‘yinida londonliklar yirik 6:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuvni zaxiradan boshlagan Muhammadali O‘rinboev ikkinchi bo‘limda maydonga tushganida jamoasi 1:2 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi. Hamyurtimiz imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘yganidan keyin uning do‘stlari yana 4 marta darvozani ishg‘ol qilishdi. Shu tariqa, bu o‘yindan tushgan pullar xayriya tashkilotiga yuborildi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilda "Brentford"ning sobiq texnik direktori yurak xastaligidan vafot etadi.
Fikrlar