Brendan Rojers "Arsenal"dan bo‘layotgan qiziqishga izoh berdi
"Lester" bosh murabbiyi Brendan Rojers hozir klubni tark etish niyati yo‘qligi haqida aytib o‘tdi.
Shimoliyirlandiyalik "Arsenal" murabbiyi bo‘lishi mumkin bo‘lgan mutahassislar ro‘yhatiga kiritigani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
"Nima uchun hozir "Lester"dan ketishim kerak? Klub mening ishimdan mamnun va meni iste’foga chiqarmoqchi emas deb o‘ylayman. Meni bu erda barchasi qoniqtirayotgani va boshqa variantlarni ko‘rib chiqishim zarur emasligi haqida oldin ham aytib o‘tgandim.
Yuqori salohiyatga ega va o‘sib borayotgan yosh jamoa bilan ishlamoqdaman. Shunday ekan, hozir ham xech narsa o‘zgarmadi, barcha narsa meni qanoatlantiryapti", - deydi Rojers.



Fikrlar