
Breaking news! O‘zbekistonda o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo chempionatining bekor qilinishi deyarli aniq bo‘ldi
FIFA pandemiya sabab, 2 ta jahon chempionatini keyinroqqa ko‘chirishga qaror qildi.
Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga qaraganda, 2021 yilning 20 mayidan 12 iyuniga qadar Indoneziyada o‘tkazilish kerak bo‘lgan U-20 jahon chempionati 2023 yilga qoldirildi. Bundan tashqari, Peru mezbonligida o‘tishi kerak bo‘lgan U-17 jahon chempionati ham 2023 yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston joriy yilning 14-31 oktyabr kunlari U-19 futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo pandemiya sabab, musobaqa 2021 yil boshiga ko‘chirildi. Ushbu musobaqada yarim finalga etib borgan 4 ta terma jamoa 2021 yilda Indoneziyada o‘tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ammo FIFA Indoneziyadagi jahon chempionatini 2023 yilga qoldirdi. Demak, o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, katta ehtimol bilan O‘zbekistondagi U-19 Osiyo chempionati ham o‘tkazilmaydi.
Tez orada OFK bu borada rasmiy ma’lumot berishi kutilmoqda.
Fikrlar