BREAKING! Mahmud Murodovning jangi bekor qilindi (foto)

  • 27 yanvar, 2022, 14:47
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbek UFC olami yulduzi Mahmud Murodov 26 fevral kuni o‘z jangini o‘tkazishi lozim edi.

Tecno

Ammo jarohat tufayli jang bekor qilingan. Bu haqda sportchimizning o‘zi "Instagram" sahifasi orqali ma’lum qildi.

"Assalomu alaykum. Men qayg‘uli xabar bilan bo‘lishmoqchiman, afsuski, mashg‘ulotlarda qo‘limdan jarohat oldim. Muayyan tekshiruvlardan so‘ng, tiklanish jarayoni qancha davom etishi aniq bo‘ladi. Raqibim, UFC va barcha muxlislarimdan uzr so‘rayman. Men 26 fevral kuni jang qilishni juda xohlagan edim, puxta tayyorgarlik ko‘rdim, afsuski, jarohat ham peshonamizda bor ekan. Bu jang martga ko‘chirilsa xursand bo‘lardim. 

Yana bir bor barchadan uzr so‘rayman, bu sport va ba’zi holatlarda biz shunchaki ojizmiz. Tiklanib yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz",-deya yozib qoldirdi Murodov.

photo_2022-01-27_14-21-25 (2)

photo_2022-01-27_14-21-25 (3)

photo_2022-01-27_14-21-25

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!