
Braziliyaning Senegal va Nigeriyaga qarshi o‘yinlar uchun tarkibi ma’lum
Braziliya terma jamoasi oldinda turgan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibini e’lon qildi
Janubiy amerikaliklar 10 oktyabr kuni Senegal va 13 oktyabr kuni Nigeriya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.
Darvozabonlar: Ederson («Manchester Siti»), Santos («Atletiko Paranaense»), Veverton («Palmeyras»).
Himoyachilar: Dani Alves («San-Paulu»), Renan Lodi («Atletiko»), Eder Militao («Real»), Rodrigo Kayo («Flamengo»), Tiago Silva, Markinos (Ikkisi ham – PSJ), Danilo, Aleks Sandro (Ikkisi ham – «Yuventus»).
Yarim himoyachilar: Kazemiro («Real»), Fabino («Liverpul»), Artur («Barselona»), Mateus Enrike («Gremio»), Lukas Paketa («Milan»), Filippe Koutino («Bavariya»).
Hujumchilar: Neymar (PSJ), Risharlison («Everton»), Gabriel Jezus («Manchester Siti»), Roberto Firmino («Liverpul»), Gabriel Barbosa («Flamengo»), Everton («Gremio»).
Fikrlar