
Braziliya o‘z tarixida ilk bor qora libosda harakat qildi. Sabab?
Braziliya tarixda birinchi marta qora libosda o‘ynadi. Mazkur voqea Gvineya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida sodir bo‘ldi.
Braziliya irqchilikka qarshi kurash belgisi sifatida va irqchilikka duchor bo‘lgan Vinisiusni qo‘llab-quvvatlash uchun qora libosda o‘ynadi.
Bilasiz, Vinisius La Liga doirasidagi bir qator uchrashuvlarda irqchilik qurboni bo‘lgan. Shundan so‘ng butun futbol ommasi uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli xil "chellenj"lar o‘tkazgan.
Fikrlar