
Braziliya klubi Balotelliga nima va’da qilmoqda?
Xabaringiz bor bundan avvalroq Braziliyaning “Flamengo” klubi italiyalik forvard Mario Balotelliga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha braziliyaliklar Balotelliga 2021 yilning dekabrigacha tuzilgan shartnoma va yiliga 4 mln evro maosh va’da qilishgan.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Balotelli o‘tgan mavsumni “Nitstsa”da boshlab “Marsel”da yakunladi va jami 25ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar