
Braziliya bo‘lajak o‘yinda qora rangli libosda maydonga tushadi. Sababi...
Braziliya terma jamoasi irqchilikka qarshi norozilik belgisi sifatida qora libosda maydonga tushadi.
Pentakampionlar 17 iyun kuni Gvineya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) milliy terma jamoa birinchi bo‘limda butunlay qop-qora libosda maydonga tushishini ma’lum qildi. Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida braziliyaliklar an’anaviy sariq-yashil libosda maydonga tushishadi.
Manbaga ko‘ra, bu harakat “Real”ning braziliyalik futbolchisi Vinisius Juniorning “Valensiya”ga qarshi o‘yinda irqchilikka asoslangan haqoratlarga duch kelgani bilan bog‘liq. Shu kuni muxlislar futbolchini “maymun” va “ahmoq” deb atashgan edi.
Fikrlar