
Brave CF promoushenida Nursulton Team klubining uch nafar vakili jang qiladi
18 iyun kuni Buxoro shahrida ATF Championship hamda Baxraynning Brave CF promousheni hamkorligida katta jang oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasida bir qator hamyurtlarimiz qatorida Nursulton Team jamoasining uch vakili Mashrabjon Ro‘ziboev, Kamoliddin Mamajonov hamda Otabek Toxirov oktagonga ko‘tariladi.
Murabbiy Bekzod Jiyanovning ta’kidlashicha ular Brave CF bilan bitta jangga shartnoma imzolagan. Agar, Kamoliddin Mamajonov va Otabek Toxirov janglarni muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazsa va promoushen mutasaddilariga maqul tushishsa, yana bir nechta jangga shartnoma tuzish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Mashrabjon Ro‘ziboev esa allaqachon Brave CF bilan hamkorlikni boshlab yuborgan.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizga ushbu jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Fikrlar