Bosh murabbiy nega Messini tarkibdan chiqarganini aytdi

  • 3 mart, 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

MLS chempionatining navbatdagi turida “Inter Mayami” safar uchrashuvida “Xyuston Dinamo” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu g‘alabada mayamiliklarning asosiy yulduzi Lionel Messi ishtirok etmadi. Argentinalik yulduzning nega tarkibga kiritilmaganiga jamoa bosh murabbiyi Xaver Maskerona izoh berdi.

- Messining o‘ynamasligi haqida o‘zi bilan gaplashganmiz. Men bir gapni har doim takrorlayman, futbol olamda o‘z tanasini Leodan yaxshi tushunadigan birorta futbolchi yo‘q. Olti kunda uchta o‘yin o‘tkazganidan keyin biz unga dam berishga qaror qildik. Chunki safar uchrashuviga etib borish 2,5-3 soat vaqtni olardi, - dedi Xaver Maskerano.

2023 yildan beri “Inter Mayami” sharafini himoya qilib kelayotgan Messi yangi mavsumda barcha turnirlarda uch marotaba maydonga tushib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning 31 dekabriga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!