Bosh murabbiy Angliyaning finaldagi mag‘lubiyati sababini aytdi

  • 15 iyul, 2024, 08:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatining finalida Angliya terma jamoasi ispaniyaliklar futbolchilarga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, raqibga bosh sovrinni topshirib qo‘ydi.

Tecno

Angliyaliklar bosh murabbiyi Garet Sautgeyt mag‘lubiyat sababini tushuntirib berdi.

- Biz oxirigacha kurashdik. Lekin final uchrashuvida to‘pga egalik qilishni etarli darajada uddalay olmadik. Biz yaxshi himoyalandik, biroq to‘pni olib qo‘ygandan keyin pressingdan chiqish kerak. Biz mana shu narsani uddalay olmadik.

Bu raqibda to‘pni nazorat qilish imkoni ko‘proq bo‘lganidan va bu bizni charchatib qo‘yganidan dalolat beradi.

Shunga qaramay, hisobni tenglashtirishni uddaladik. Bahs oxirida ikkinchi marotaba oradagi farqni yo‘qqa chiqarishimiz mumkin edi.

Ispaniya bu turnirdagi eng zo‘r jamoa bo‘ldi.

Yana bir kamchilik shundan iboratki, final uchrashuviga tayyorlanish uchun bizga bir kun kam berildi. Shunday bo‘lsa-da, 80 daqiqa davomida tinimsiz kurashdik. Yakuniy va batafsil xulosalarga kelish uchun biroz ko‘proq vaqt talab etiladi, - dedi Garet Sautgeyt.

Angliya futbol tarixida Evropa chempionati finalida ketma-ket ikki marotaba mag‘lubiyatga uchragan birinchi jamoa bo‘ldi. Ispaniya terma jamoasi esa, qit’a chempionatida to‘rtinchi marotaba g‘alaba qozonib, rekordchiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!