
"Borussiya"da Obameyangning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan futbolchi topildi
Dortmundning “Borussiya” klubi “Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bild nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha belgiyalik futbolchi dortmundliklar safida “Arsenal”ga ketishi kutilayotgan Per-Emerik Obameyangning o‘rnini egallashi mumkin.
Shuningdek, Ispaniyaning “Sevilya” klubi ham Batshuayini sotib olish uchun da’vogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Belgiya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum APLda jami 11ta uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 2ta to‘p kiritishga erishgan.
Fikrlar