
"Borussiya" Zinchenkoga "Siti"dan ko‘proq maosh taklif qilgan
Rossiyalik agent Oleg Eryomin ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko “Ufa”da o‘ynab yurganida unga “Manchester Siti”dan tashqari yana qaysi jamoalar “og‘iz solgani” haqida gapirib berdi.
“Bornmut” va “Borussiya” qiziqish bildirgan...Ular hatto “Manchester Siti”dan ham ko‘proq maosh to‘lashga rozi bo‘lgan. “Zenit” va Rossiyaning boshqa jamoalaridan ham takliflar bo‘lgan, lekin ular “Manchester Siti”dan ham kamroq mablag‘ taklif qilishgan”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, Zinchenko 2016 yil “Ufa”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar