
"Borussiya" yana bir katta iste’dod egasini qo‘lga kiritdi
"Borussiya Dortmund" "Birmingem"ning 17 yoshli yarim himoyachisi Jud Bellingem transferi bo‘yicha kelishuv erishdi.
Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, "asalarilar" angliyalik futbolchining transferi uchun 20 million funt to‘laydi. Xavbek uchun kurashda dortmundliklar "Manchester Yunayted"ni ortda qoldirdi.
Joriy mavsumda Bellingem klub miqyosida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va ikkita golli uzatma berdi.
Fikrlar