
"Borussiya" Xolandsiz o‘ynay oladi
"Borussiya Dortmund" bosh murabbiyi Lyusen Favr "Gerta"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Biz endi ikki klubdan etti ochko oldindamiz. Ammo bu muhim emas. Chunki biz mana shunday ruhda davom etmoqchimiz. Oldimizda hali to‘rtta uchrashuv bor. Bu o‘yinlarda borimizni berib o‘ynashga tayyormiz.
Markaziy hujumchisiz ham imkoniyatlar hosil qila olamiz. Sancho, Brandt o‘rtasidagi ajoyib uzatmalar va Janning aniq zarbasi bunga misol bo‘la oladi", - deydi Favr.
Fikrlar