
"Borussiya" Roys borasida bir qarorga keldi
"Borussiya" Dortmund rahbariyati yarim himoyachi Marko Roys bilan yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi emas. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.
Klub 34 yoshli futbolchini yoshroq futbolchiga almashtirish vaqti keldi, deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, "Borussiya" Markoga klub tuzilmasidan joy taklif qilib, uni saqlab qolmoqchi. Roys 2012 yildan beri Dortmund jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Germaniyalik futbolchi "sariqlar" safida barcha turnirlarda 411 ta o‘yin o‘tkazib, 167 ta gol va 124 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar