"Borussiya" himoyachisi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi

  • 6 fevral, 2024, 10:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" a’zosi Tomas Mene Turkiyaning "Trabzonspor" klubiga o‘tish arafasida, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, trabzonliklar belgiyalik futbolchini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olish bo‘yicha nemislar bilan kelishuvga erishdi. Shuningdek, rahbariyat ushbu transferni tezroq hal qilishga harakat qilmoqda. Menega avvalroq "Byornli" qiziqish bildirayotgani borasida mish-mishlar tarqalgandi. Ammo Angliya jamoasi rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q. 

Tomas o‘z vaqtida "Barselona"ga o‘tishi ham mumkin edi. Bugungi kunga kelib esa u Turkiyaga chempionati tomon yo‘l olmoqda. 2016 yilda PSJdan "Borussiya"ga o‘tgan futbolchi ushbu mavsum dortmundliklar 9 tagina o‘yinda maydonga tushgan. 

Eslatib o‘tamiz, Tomasning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!