"Borussiya" Dortmund yozda "Roma" hujumchisini sotib olmoqchi

  • 11 aprel, 2019, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi forvardi Patrik Shik faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli chexiyalik futbolchining xizmatlariga "Borussiya" Dortmunddan qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Nemis grandi uni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishadi.

Ma’lumot uchun, Shik “Roma” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida rimliklar safida jami 55ta o‘yinda ishtirok etdi va 8ta gol urishga erishdi. Uning “bo‘rilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 15 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!