"Borussiya" Dortmund Xolandga ultimatum qo‘ydi

  • 12 yanvar, 2022, 20:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund tez orada Erling Xolandning otasi Alf Inge Xoland va agenti Mino Rayola bilan uchrashadi. Dortmundliklar futbolchining yakuniy qarorini kutyapti.

Tecno

Shuningdek, ko‘plab grand jamoalar ham Xolandning so‘nggi so‘zini eshitmoqchi. Agar norveg "Borussiya"ni tark etadigan bo‘lsa, yuqoridagi klublar transfer uchun ishga kirishadi.

Ayni damda 21 yoshli futbolchini "Real", "Barselona", PSJ va "Manchester Siti" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Erling Xoland joriy Germaniya chempionati doirasida 12 o‘yinda 13 ta gol urdi va 5 assist muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!