
"Borussiya" Dortmund "Verder" darvozasiga 4 ta gol urdi (video)
Germaniya Bundesligasining 29-turida “Borussiya” Dortmund o‘z maydonida “Verder”ni qabul qildi.
“Signal Iduna Park” o‘yingohida kechgan bahs gollarga boy bo‘ldi. Yakunda 4:1 hisobida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Borussiya” safida gollarni Jovanni Reyna (29'), Erling Xoland (34', 38') va Mats Xummels (87') kiritdi. “Verder”ning yagona javob goliga esa Milot Rashitsa (14') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar